Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlatga xoinlik qilishda ayblangan «R.Sayfulin ishi» bo‘yicha axborot berildi

Davlatga xoinlik qilishda ayblangan «R.Sayfulin ishi» bo‘yicha axborot berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Respubikasi Oliy sudining matbuot xizmati davlatga xoinlik qilish va boshqa jinoyatlarda ayblangan R.Sayfullinga oid jinoyat ishi bo‘yicha axborot berdi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan R.Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Bir necha oy davomida o‘tkazilgan yopiq sud majlisi natijasiga ko‘ra,  R.Sayfulinni yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda R.Sayfullin turli yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organda, mamlakat miqyosidagi rahbarlik idoralarida faoliyat ko‘rsatgan. Shuningdek, ma’lum vaqt Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga rahbarlik qilgani ham aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring