Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

De Mistura: «Suriyadagi ahvolning keskinlashuvi butun mintaqaning barqarorligiga tahdid solmoqda»

De Mistura: «Suriyadagi ahvolning keskinlashuvi butun mintaqaning barqarorligiga tahdid solmoqda»

Staffan de Mistura — BMT Bosh kotibining maxsus vakili.

Foto: «Kremlin Press»

So‘nggi haftalarda Suriyadagi harbiy harakatlarning kuchayishi mintaqaviy barqarorlikka tahdid solmoqda va ziddiyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazayapti. Bu haqda BMT Bosh kotibining maxsus vakili Staffan de Mistura chorshanba kuni Xavfsizlik kengashining majlisida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

U Suriyada harakat qilayotgan tomonlar ishtirokidagi voqealarga, jumladan, hukumat qo‘shinlari va turk harbiylari o‘rtasidagi otishmalar, AQShning Damashq tarafida jang qilayotgan jangarilarga qarshi hujumlari, shuningdek, Rossiya samolyotining yo‘q qilinishi kabilarga e’tibor qaratdi.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealar BMT umid qilishda davom etayotgan «Ostonada erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvlar» so‘roq ostiga qo‘yadi va «mintaqaviy barqarorlikka yanada kengroq tahdid soladi».

«Suriyada yuz berayotgan bugungi voqealar nafaqat qurolsizlanish haqidagi bitimni va mintaqaviy barqarorlikni xavf ostiga qo‘ymoqda, balki muammoga siyosiy yechim topish yo‘lidagi harakatlarga ham xalaqit bermoqda», — degan de Mistura.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring