Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dekabrda O‘zbekiston YOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oladi» – Rossiya Sanoat va savdo vazirligi

«Dekabrda O‘zbekiston YOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oladi» – Rossiya Sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi-davlat maqomini oladi, dedi Rossiya Sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail Anisimov.

«Dekabr oyida O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi maqomi beriladi. Umid qilamizki, O‘zbekiston bilan hamkorlik «Yevroosiyo beshligi»ning yangi formatida rivojlanish uchun qo‘shimcha turtki beradi», – dedi u «Rossiya-O‘zbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va sherikchilik» onlayn-konferensiyasida.

E’tiborli jihati, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bir necha kun avval Vashingtondagi Atlantika kengashida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) kirishi jamiyatda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YeOII) a’zo bo‘lishdan ko‘ra kamroq munozaralarni keltirib chiqaradi, bu borada oxirgi savol ochiq qolmoqda deb aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senati shu yilning mayida O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etishi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorni ko‘pchilik ovoz bilan tasdiqlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring