Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denis Istomin «Diema Xtra Sofia Open – 2018» musobaqasining ikkinchi davrasiga yo‘l oldi

Denis Istomin «Diema Xtra Sofia Open – 2018» musobaqasining ikkinchi davrasiga yo‘l oldi

Foto: O‘zA

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan «Diema Xtra Sofia Open – 2018» musobaqasining birinchi davrasida mezbon tennischisi Adrian Andreyev bilan raqobatlashdi.

Denis mazkur o‘yinda 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi. Endi u musobaqaning ikkinchi bosqichida latviyalik Ernest Gulbis va serbiyalik Viktor Troitski uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, musobaqaning ilk davrasida Lukash Latsko (Slovakiya) hamda Joao Souza (Portugaliya) g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring