Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat propiska muammosi haqida: «Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Uzoq kutmaysizlar»

Deputat propiska muammosi haqida: «Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Uzoq kutmaysizlar»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agenlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda jurnalist Musulmonbek Ibrohimov propiska olish tartibi, fuqarolarga ikki xil narxda boj belgilangani, agar fuqaro doimiy propiskaga ega bo‘lmasa, ikkilamchi bozorda turar joy sotib ololmasligi va bu holatlar Konstitutsiyaga qanchalik mos ekani haqida savol berdi.

«Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo‘lsam, bu noto‘g‘ri, — dedi deputat Ibrohim Hojiyev. — Shaxsan o‘zimga va boshqa ko‘p deputatlarga ham aynan shu masalada juda ko‘p murojaatlar kelib tushadi. Sizni ishontirib aytaman, bu masala ham tartibga solinadi. Shu muammo yuzasidan ish olib borayotgan ishchi guruh tarkibida deputatlar ham bor. Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Albatta bu vaqt talab qiladi, lekin uzoq kutmaysizlar. Bosqichma-bosqich tartibga solinadi. Bu bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bo‘lgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring