Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputat Rasul Kusherbayev: «Propiska adolatli rejim emas»

Deputat Rasul Kusherbayev: «Propiska adolatli rejim emas»

Foto: Facebook/Rasul Kusherbayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Rasul Kusherbayev o‘zining telegramdagi kanalida shu kunlarda muhim mavzu bo‘lib turgan propiska mavzusiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Ochig‘i shu propiska masalasidagi fikrlarni o‘qib turib so‘z va fikr erkinligi bugungi kunimizning eng muhim yutug‘i ekanligini anglayapman. Nima bo‘lganda ham, yaxshimi-yomonmi, fikr borligi muhim. Masalan, ayrimlardan farqli ravishda men propiska tizimini insonda tug‘ilishdan oldin joyni tanlab dunyoga kelish imkoniyati bo‘lmagani uchun real turmushimizdagi adolatli rejim, deb ayta olmayman. Bu mening shaxsiy fikrim, yoqadimi yo‘qmi, bunisi menga qiziqmas. Bu mening fikrim!», — deydi Rasul Kusherbayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Umirzoqov «Facebook»dagi sahifasida Toshkent propiskasi, aholining bir joyda ikkinchi joyga ko‘chishi huquqi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, propiska ochilsa jinoyatchilik ko‘payishidan «ogohlantirgandi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring