Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlar Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yuborishga qaror qildi

Deputatlar Bosh vazir o‘rinbosariga parlament so‘rovi yuborishga qaror qildi

Foto: Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Bugun, 23-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, tibbiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berishicha, majlisda ko‘rib chiqilgan bir masala o‘zining dolzarbligi bilan diqqatga molik bo‘lgan.

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan mamlakatimiz hududlariga chiqilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvolini o‘rganish ishlari davomida ko‘pgina joylardagi umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat yetarli tashkil qilinmagani, chunonchi, vrach pediatr va maktab hamshirasi shtati juda kam miqdorda ajratilgani, natijada ko‘pgina maktablarda tibbiyot xonasi faoliyat yuritmayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, ta’lim muassasalarida tibbiy xodim faoliyatining samarali tashkil qilinishi voyaga yetmaganlar o‘rtasida kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika qilishda o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Majlisda deputatlar muammoning ko‘lami hamda dolzarbligini inobatga olgan holda, ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimovga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi parlament so‘rovini yuborishga qaror qildilar.

Majlisda deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring