Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Di Kaprio nomiga qo‘ng‘izni atashdi

Di Kaprio nomiga qo‘ng‘izni atashdi

Foto: «Korrespondent.net»

Borneo orolidagi Malio Beysin qo‘riqxonasida tadqiqot olib borgan holland entomologlari yangi qo‘ng‘iz turini aniqlashdi. Suv qo‘ng‘izining yangi turini filantrop va bioturlar uchun kurash olib boruvchi aktyor Leonardo Di Kaprio nomiga «Grouvellinus leonardodicaprioi» deb atashdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.

Olimlar shu tariqa aktyorga noyob ekotizimlarni o‘rganuvchi ekologik fond yaratgani uchun minnatdorlik bildirishdi.

Di Kaprio esa bunga javoban qo‘ng‘izning suratini o‘zining «Facebook»dagi sahifasiga asosiy surat qilib joylab qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring