Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dinamo» Sirojiddin Sayfiyev oldidagi 48 million qarzini to‘lab berdi

«Dinamo» Sirojiddin Sayfiyev oldidagi 48 million qarzini to‘lab berdi

Foto: O‘FA

Uzoq yillar mobaynida Samarqandning «Dinamo» jamoasi safida barqaror o‘yin namoyish etib, ko‘plab muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan sobiq futbolchi Sirojiddin Sayfiyev O‘FAga klubning undan moliyaviy qarzdorligi bor ekani xususida O‘FAga murojaat qilgan edi.

Vaziyat atroflicha o‘rganib chiqilgach, O‘FA «Dinamo» futbol klubiga Sirojiddin Sayfiyevdan uning futbolchilik faoliyati davomida to‘planib qolgan qarzdorligini uzish bo‘yicha muddat belgilagandi. Davom etayotgan iyun ekvatorida «Dinamo» Sayfiyevning hisob-raqamiga 40 million so‘m miqdorida pul o‘tkazib berdi va sobiq futbolchisi oldidagi qarzini uzdi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng unda saraton kasalligi alomatlari mavjudligi aniqlangan Sayfiyev mana bir necha yildirki, og‘ir dardni yenggishga urinib kelmoqda. Yaqin o‘tmishning nomdor futbolchilaridan biri mazkur holat yuzasidan quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

Va nihoyat menga yig‘ilib qolgan qarzlar to‘lab berildi. Shu o‘rinda aytishim kerakki, «Dinamo» menga o‘z hisobidan xayriya qilmadi, balki mening o‘z vaqtida berilmagan ish haqimni qaytardi. Endi bu pullarni muolajalar uchun sarflayman. Zora shifo topishimda buning ham nafi tegib qolsa. Bunda menga ko‘mak ko‘rsatgan O‘FA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Ularning ko‘magidan mamnunman».

Sirojiddin Sayfiyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring