Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diniy idoraning Toshkent shahar vakilligi endi ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni javobsiz qoldirmaydi

Diniy idoraning Toshkent shahar vakilligi endi ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni javobsiz qoldirmaydi

Minor masjidi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi ham shu yerda joylashgan.

Foto: «Dreamstime.com»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Abror Muxtor Aliy Toshkent shahar bosh imom xatibining matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga vakillikdagi manbalari xabar qildi.

Bundan buyon ommaviy axborot vositalarining murojaatlari, saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda vakillik hamda Toshkent shahar bosh imom xatibiga oid masalalarga matbuot kotibi rasman javob beradi, munosabat bildiradi.

Matbuot kotibi, shuningdek, Toshkent shahar vakilligining internetdagi vakillik.uz, minor.uz nomli sahifalarini yuritadi, aholini qiziqtirgan, dolzarb masalalar bo‘yicha savol-javoblar tashkil etib, mas’ullarning javoblarini tashkillashtiradi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi 117 ta masjidda faoliyat yurituvchi imom-xatiblar va boshqalarning matbuotda faol chiqishlar qilishi, ko‘pchilik uchun qiziqarli mavzularni yoritishiga bosh-qosh bo‘ladi.

Shu bilan birga, Abror Muxtor Aliy Toshkent shahridagi Minor jome’ masjidida  bosh imom xatibiga noiblik ham qiladi.


«Xabar.uz» ma’lumoti:

Abror Muxtor Aliy 1976-yili Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Andijondagi «Abdussalom Maxdum» hamda «Sayyid Muhyiddin maxdum» madrasalarining tayyorlov kurslarida, so‘ngra Namangan shahridagi «Mulla qirg‘iz» madrasasida, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil olgan.

16 yil davomida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohga shogird bo‘lgan, u kishining og‘zaki darslarini yozma shaklga keltirishda asosiy kotiblaridan biri bo‘lgan. Qorilar musobaqasi sovrindori. «Oltin silsila» turkumidagi ilmiy asarning tarjimonlaridan biri. Bundan tashqari, Izuddin Bayyanuniyning «Tahorat va namoz hukmlari» asarini, «Hanafiy mazhabi yog‘dusiga ko‘ra Nabiy sollallohu alayhi vasallamning namozlari kayfiyati» nomli kitobni hamda Islom fiqh akademiyasining fatvolarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohdan imomi Buxoriygacha bog‘langan sanad bilan «Sahihi Buxoriy»dan ijoza olgan.

— Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohdan Imom Nasafiyning «ٍMadorikut tanzil va haqoiqul ta’vil» asaridan ijoza olgan.

— «Islom.uz» portalining kengashi hamda «Zikr ahlidan so‘rang» jamoasi a’zosi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring