Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat! Yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha kastingga taklif etiladi

Diqqat! Yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha kastingga taklif etiladi

Foto: «Ptzgovorit.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali yangi tashkil etilayotgan internet telekanalda ishlash uchun boshlovchi va jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Barcha istovchilar — yoshi va jinsidan qat’i nazar, jamoamiz a’zosi bo‘lish uchun o‘z kuchingizni sinab ko‘rishi mumkin!

Biz yorqin iste’dodlarni qidirmoqdamiz. Jurnalistik faoliyat bo‘yicha tajribangiz bo‘lsa, yanada yaxshi!

Asosiy talablar: o‘zbek, rus va ingliz tilini bilish, matn yozish mahorati, chiroyli tashqi qiyofa (boshlovchilar uchun), ravon nutq, kirishimlilik va savodxonlik.

Telekanal axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar mavzusiga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, texnik xodimlar uchun ham tanlov ketmoqda: teletasvirchilar, montaj ustalari, grafika ustalari, chiroqchi-texniklar, ovoz operatori. Ish tajribasi 1 yildan ortiq bo‘lishi kerak.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o‘z rezyumelarini sasha31031987@gmail.com va qobuljon.ahmedov@mail.ru ga jo‘natishlari mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring