Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat: gaz «zapravka»larning ishlash vaqtiga cheklovlar kiritildi

Diqqat: gaz «zapravka»larning ishlash vaqtiga cheklovlar kiritildi

Foto:«Xabar.uz»

Shu kunlarda Respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi bo‘yicha ma’lumot berilgandi. Natijada tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan «Hududgazta’minot» AJ tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritilishini ma’lum qildi.

Cheklovlarga ko‘ra, haydovchilar gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida amalga oshirishlari zarur.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yanvar oyida ham ushbu amaliyot qo‘llangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring