Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi doimiy propiskasizlar ham Toshkent shahar IIBBga ishga kirishi mumkin

Endi doimiy propiskasizlar ham Toshkent shahar IIBBga ishga kirishi mumkin

Foto: «Sputnik»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari lavozimlari ustuvorlik asosida profilaktika katta inspektorlari orasidan jamlanadi. Intizomiy jazo chorasi sifatida yoxud boshqa salbiy holatlarga ko‘ra, ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalaridan o‘tkazilayotgan xodimlarni Toshkent shahri profilaktika inspektorlari lavozimlariga tayinlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, Toshkent shahri profilaktika inspektorlari lavozim bo‘yicha biriktirilgan hududdagi fuqarolar yig‘ini kengashlari tarkibiga kiradi va yangi tayinlangan Toshkent shahri profilaktika inspektorlarini mahalla fuqarolar yig‘ini oldida tanishtirish majburiy tartibda tuman hokimi va prokurori, muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahri profilaktika inspektorlarining hududlararo rotatsiyasi faqatgina O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Eng muhim yangilik, Bosh boshqarmaga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring