Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yilgi don hosilini o‘z vaqtida o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Bu yilgi don hosilini o‘z vaqtida o‘rib-yig‘ib olish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Foto:«Xabar.uz»

«2021-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (304-son, 17.05.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ichki bozorda don va non narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2021-yil hosilidan davlat resurslariga tovar va urug‘lik don xarid hajmi belgilandi.

Shunga ko‘ra, joriy yil hosilidan davlat resurslariga jami 2 mln 434 ming 425 tonna tovar va urug‘lik don (shundan 2 mln 150 ming tonna tovar don, 284 ming 425 tonna urug‘lik don) xarid qilish nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring