Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda uchrashadi

Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda uchrashadi

Foto: «Gazeta.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp shu yil 12-iyun kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan Singapurda uchrashadigan bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» ma’lumotlari asosida «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Tramp Oq uyda Venesueladagi garovdan ozod bo‘lgan amerikalik fuqarolar bilan uchrashganidan keyin buni ma’lum qilgan. AQSh rahbari shimoliy koreyalik hamkasbi bilan uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar yaxshi ketayotganini aytgan.

Kecha, 26-may kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Che In bilan muzokaralar asnosida AQSh rahbari bilan uchrashish niyati borligini tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring