Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishi mumkin

Donald Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishi mumkin

Foto: «The Sun»

AQSh Kongressi vakillar palatasi a’zosi El Grin prezident Donald Trampning bir nechta davlatlarga nisbatan hurmatsizlarcha qilgan bayonoti ortidan unga nisbatan impichment masalasini ovozga qo‘yishni va’da berdi. Bu haqda «Ria Novosti» xabar bermoqda.

— Kongressdagi muhokamalar yetarli emas va ular hech qanday kuchga ega emas, faqatgina bizning ovozlarimiz ahamiyatga molik. Shuning uchun men keyingi haftada prezident Trampga nisbatan impichment rezolyusiyasini ovozga qo‘yaman, deya yozadi u Tvitter sahifasida.

Avvalroq, Grin dekabr oyi boshida shunga o‘xshash qonun loyihasini taqdim etgan edi. O‘shanda vakillar palatasidagi demokratik partiyaning 58 a’zosi uni yoqlab ovoz bergan edi. Ammo, bu qonun loyihasi qabul qilinishi uchun yetarli bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring