Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» «Dovyurak oshpaz» multfilmi ishlab chiqarishi yakunlanganini ma’lum qildi

«O‘zbekkino» «Dovyurak oshpaz» multfilmi ishlab chiqarishi yakunlanganini ma’lum qildi

Foto:«O‘zbekkino»

«O‘zbekkino» Milliy agentligi tasarrufidagi «Multiplikatsion filmlar studiyasi» Davlat unitar korxonasi tomonidan bir qator milliy multiplikatsion filmlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda o‘zbek xalq ertaklari asosida yaratilgan ikki qismli «Dovyurak oshpaz» nomli multiplikatsion filmining ishlab chiqarish jarayoni to‘liq yakunlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati xabar berdi.

Suratga olingan multiplikatsion filmlar targ‘ibotini amalga oshirish, ular bilan yosh tomoshabinlarni yaqinroq tanishtirish maqsadida yangi ishlab chiqarilgan har bitta multiplikatsion filmlar taqdimoti o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 10-dekabr kuni soat 14:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda ikki qismli «Dovyurak oshpaz» multiplikatsion filmi taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring