Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dron-reysing bo‘yicha Xitoyda birinchi jahon chempionati o‘tkazildi

Dron-reysing bo‘yicha Xitoyda birinchi jahon chempionati o‘tkazildi

Foto: «ABC»

Xitoyning Shenchjen shahrida 1—4-noyabr kunlari Xalqaro aviatsiya federatsiyasi shafe’ligida (FAI) dron-reysing bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.

Musobaqani o‘tkazish uchun uzunligi 650 metrlik maxsus trassa qurildi.

Eng yaxshi 128 nafar ishtirokchi tez uchayotgan kvadrokopterlarni boshqarish bo‘yicha mahoratini ko‘rsatdi.

Dronlarni zo‘r uchirishda avstraliyaliklarga yetadiganlar topilmadi, shvedlar — ikkinchi, janubiy koreyaliklar — uchinchi o‘rinda.

Dron-reysing ma’sus jihozlangan maydonda o‘tkaziladi. Pilotlar (boshqaruvchilar) drondagi kameradan tasvirni qabul qiluvchi maxsus ko‘zoynak taqib olishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring