Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay — sayyohlardan pul ishlash bo‘yicha jahon rekordchisi

Dubay — sayyohlardan pul ishlash bo‘yicha jahon rekordchisi

Foto: «BitNovosti.com»

O‘tgan 2017-yilda Dubay (BAA)ga kelgan 15,9 million nafar sayyoh 29,7 milliard dollar sarfladi. Bu haqda «Azertag» xabar berdi.

«Mastercard» global to‘lov tizimining  «Global Destination Cities Index» tadqiqotiga ko‘ra, Dubayga kelgan har bir mehmon kuniga o‘rtacha 537 dollar sarflaydi. Xuddi shunday sayyoh Parijda kuniga 301, Singapurda 286 dollar ishlatadi.

Eng gavjum turizm nuqtalaridan sanalgan Istanbulda xorijliklar eng kam xarajat qilishadi — kuniga 108 dollar.

Turistlar oqimi bo‘yicha Dubay hozir jahonda Bangkok, London va Parijdan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda, undan keyin esa Nyu-York, Tokio va Istanbul turibdi. Birlashgan arab amirliklarining Abu-Dabi shahri esa sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan shahar sifatida qayd etildi: 2009-yildan 2017-yilgacha oraliqda sayyohlar soni 18,2 foizga ko‘paygan.

Ushbu reytingga jahonning 162 shahri kiritilgan bo‘lib, nafaqat o‘tgan yillar sarhisob qilindi, balki istiqbol uchun prognozlar ham ko‘rsatildi. Unga ko‘ra, 2018-yilda Dubayda turistlar oqimi 5,5 foizga o‘sishi va bitta mehmonning shaharda bo‘lish vaqti 3,5 kechani tashkil etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring