Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubayda dunyodagi eng yirik sabzavot fermasi quriladi

Dubayda dunyodagi eng yirik sabzavot fermasi quriladi

Foto: «Businessinsider.com.au»

«Crop One Holdings» kompaniyasi Dubayda jahondagi eng yirik vertikal ferma qurmoqchi. «Business Insider» xabar berishicha, haytek-ferma maydoni 40 ming kvadrat metrdan kam bo‘lmaydi.

Vertikal fermada sabzavotlar yopiq binoda, ultrabinafsharang nurlanish o‘rnini bosuvchi svetodiodlar yorug‘ligida yetishtiriladi. Tuproq ham bo‘lmaydi — o‘simliklar maxsus oziq moddalarga to‘yintirilgan suv bilan sug‘oriladi. Kuniga uch tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan. Loyiha sarmoyadorlaridan biri — «Emirates Flight Catering» kompaniyasi o‘z hosili bilan aviakompaniyalarni ta’minlamoqchi.

Ferma qurilishi 2018-yil noyabr oyidan boshlanadi, birinchi hosil esa 2019-yilda olinadi.

E’tiborli jihati, Dubayda qurilajak ferma maydon jihatidan AQShning Nyu-Ark shahridagi ayni paytdagi eng yirik ferma(21 ming kvadrat metr)dan ikki baravar katta bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring