Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dublinda o‘n minglab odamlar abortga qarshi namoyishga chiqdi

Dublinda o‘n minglab odamlar abortga qarshi namoyishga chiqdi

Foto: «Irish Times»

Irlandiya poytaxti Dublin shahrida o‘n minglab odamlar abortga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etdi. Bu haqida «Irish Times» nashri ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

May oyining oxirida Irlandiyada abortning qonuniylashtirilishi borasida referendum bo‘lib o‘tadi. Unda ovoz beruvchilar «Konstitutsiyadagi sakkizinchi tuzatish(abortni taqiqlash to‘g‘risida)ning saqlanishi yoki bekor qilinishini xohlaysizmi?» degan savolga javob berishadi.

Namoyish ishtirokchilari sakkizinchi tuzatish o‘z kuchida qolishini talab qilishgan. Ushbu tuzatish 1983-yilda kiritilgan bo‘lib, u abortning har qanday ko‘rinishini taqiqlaydi.

Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar avval sakkizinchi tuzatishni bekor qilish uchun ovoz berishini e’lon qilgan edi, ammo parlamentda bu masala yuzasidan qarama-qarshiliklar juda ko‘p. Katolik cherkovi abort haqidagi qonunni bekor qilishga qarshi bo‘lishi kutilmoqda, chunki dindorlarning fikricha, abortlarni qonuniylashtirish evtanaziyaga yo‘l ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring