Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda eng rivojlangan shaharlar aniqlandi

Dunyoda eng rivojlangan shaharlar aniqlandi

Foto: RIA Novosti / Marina Lisseva

«Juniper Research» konsalting tashkiloti «Intel» kompaniyasi bilan birgalikda jahonning eng rivojlangan yigirmata shahri nomini ma’lum qildi. Bu haqida «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Birinchi pog‘onani Singapur egallagan. U birinchi o‘rinni to‘rt sohada ilg‘orligi uchun qo‘lga kiritgan: sog‘liq sohasi, xavfsizlik, samaradorlik va harakatlanishning qulayligi. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, Singapurda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan transport tizimi bir yilda 60 soat vaqtni tejash imkonini beradi, videokuzatuv tarmog‘i esa huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashishda asosiy ko‘makchidir. 

1965-yilda Malayziyadan mustaqil bo‘lgan shahar-davlat rivojlanishda butun dunyoga o‘rnak bo‘lishning uddasidan chiqqan.

Shuningdek, rivojlangan shaharlar reytingining kuchli beshligiga London, Nyu-York, San-Fransisko va Chikago ham kirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring