Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 194 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 194 milliondan oshdi

Foto: «Levencovka.ru»

Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 194 million nafardan ortiqni tashkil qilmoqda.

Jons Xopkins universitetining (26.07.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 09:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 194 million 123 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 158 ming nafardan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda 34,443 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (31,371 milliondan ortiq),

uchinchi o‘rinda Braziliya (19,688 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (6,056 milliondan ortiq),

beshinchi o‘rinda esa Rossiya (6,049 milliondan ortiq).

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 845 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring