Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni yana bir o‘n millionlik dovondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni yana bir o‘n millionlik dovondan oshdi

Foto: «Depositphotos / viz-arch»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 90 million kishidan oshdi, qariyb 2 million kishi vafot etdi.

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 90 054 813 kishida koronavirus qayd etilgan bo‘lib, ulardan 1 945 610 nafari hayotdan ko‘z yumdi.

O‘tgan bir kecha-kunduzda Yer yuzida 546 016 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi, 9884 nafar bemor olamdan o‘tdi.

2020-yil 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring