Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 300 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 300 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 300 milliondan oshdi, deya xabar beradi TASS rasmiylar, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga asoslanib.

Bugungi kunga kelib, taxminan 301,4 million kishi emlandi, bu COVID-19 bilan kasallanganlar sonidan 2,5 baravar ko‘pdir.

Shunday qilib, dunyo aholisining taxminan 3,8 foiz qismi allaqachon emlangan. Shu bilan birga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti JSST ilgari ommaviy immunitetiga erishish uchun dunyo aholisining taxminan 70 foizini emlash zarurligini ta’kidlagan va JSST Yevropa bo‘limi boshlig‘i Xans Klyuge ta’kidlaganidek pandemiya faqat 2022-yil boshida tugaydi deya xabar bergan edi. 

Fevral oyining boshida dunyoda kuniga o‘rtacha 6 million emlash o‘tkazilgan bo‘lsa, oy oxirida bu ko‘rsatkich 4,4 millionga tushib ketgan edi. Hozirgi davrga kelib bu ko‘rsatgich kuniga 7,4 millionga o‘sdi.

Emlangan fuqarolar soni bo‘yicha yetakchi beshta mamlakat emlanganlarning umumiy sonining 50 foizini tashkil qiladi. Qo‘shma Shtatlarda 90 milliondan ortiq odam, Xitoyda - 52,5 million, Buyuk Britaniyada chet el hududlarini hisobga olgan holda, 23 million, Hindistonda - 20,7 million, Braziliyada - 10,6 million kishi emlandi. 

Ayni vaqtda aholining emlangan ulushi bo‘yicha Isroil birinchi o‘rinda (fuqarolarning 97 foizdan ortig‘i), ikkinchisi Seyshel orollari (84,5 foiz), uchinchisi BAA (65 foiz) turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring