Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng kuchli magnit yaratildi

Dunyodagi eng kuchli magnit yaratildi

Uning magnit maydoni 32 tesla kuchini paydo qila oladi.

Foto: National High Magnetic Field Laboratory

Yuqori magnit maydoni milliy laboratoriyasi olimlari tarixdagi eng kuchli o‘tkazuvchanlikka ega magnitni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-tesh.mail.ru».

Uning magnit maydoni 32 tesla kuchini paydo qila oladi. Bu oldin o‘rnatilgan rekorddan 33 foizga ko‘p va uning magniti oddiy muzlatgichnikidan 3000 barobarga kuchli. Bu esa ishlanmaning ahamiyati so‘nggi 40 yil ichida erishilgan natijalardan ancha katta ekanini bildiradi.

«Bu magnitlar tayyorlash va ishlab chiqarishda haqiqiy inqilob. Magnitning yangi konstruksiyasi bizga nafaqat tajribalar o‘tkazishda, balki boshqa ilmiy qurilmalar — rentgen va neytron tarqatuvchilari quvvatini ko‘tarishda ham yordam berdi», — deydi «MagLab» direktori Greg Bobinger.

Yangi magnit 32T deb nomlanadi va past hamda yuqori haroratli o‘tkazuvchilar jamlanmasidan tayyorlangan. Biroq uning energiya sarfi yuqori o‘tkazuvchan magnitga talab qilinadigan energiyadan ancha yuqori. Masalan, boshqa muhandislar tomonidan yaratilgan 41,4 tesla kuchiga ega magit ish jarayoni uchun 32 megavatt quvvatga ega doimiy tok sarflaydi.

Shu bilan birga, past haroratli yuqori o‘tkazuvchilar induksiyasi 25 tesladan yuqori bo‘lgan magnit maydonlarida ishlamaydi. Yuqori haroratli o‘tkazuvchilar ancha yuqori haroratga ega diapazonda ishlaydi va magnit maydoni ham shunga yarasha keng. «MagLab» guruhi ularni birlashtirib, past haroratli materiallardagi cheklovni bartaraf etdi va yuqori o‘tkazuvchanlikka ega kuchli magnitni yaratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring