Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng qimmat chiziqcha

Dunyodagi eng qimmat chiziqcha

Foto: «techdicas.net.br»

Amerikaliklar 1962-yili Venera sayyorasini o‘rganish maqsadida «Mariner-1» raketasini uchirishdi. Ammo oradan bir necha daqiqa o‘tib raketa halokatga uchradi.

Avvaliga antennasi ishlamay qoldi, keyin boshqaruv bort kompyuteriga o‘tdi. Kompyuter antenna berayotgan noto‘g‘ri signallarni inkor qilib, raketani o‘zi boshqarishi kerak edi. Biroq bunday bo‘lmadi, chunki unga o‘rnatilgan dasturda bitta xato bor edi — ko‘rsatmalarni perfokartalarga (ilgari kompyuterlarda perfokartalar ishlatilgan) o‘tkazishda tenglamalarning biridagi harfning tagidagi chiziqcha tushib qolgandi. Bu tenglamaning matematik mohiyatini tubdan o‘zgartirib yubordi — raketa to‘g‘ri yo‘nalish qolib chapga burilib ketdi va portladi...

O‘sha voqealarni yoritgan jurnalistlar bu «tarixdagi eng qimmat chiziqcha» deb yozishgandi. Bugungi hisob-kitoblarga qaraganda, kompyuterdagi bitta xatolik 135 million dollarlik kosmik kemani yo‘qotishga olib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring