Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng tezkor jonzotni bilasizmi?

Dunyodagi eng tezkor jonzotni bilasizmi?

Foto: «Shutterstock.com»

Kaliforniyalik biologlarning aniqlashicha, dunyodagi eng tezkor va epchil jonzot bu o‘rgimchaklardir. Ularning fikricha, hasharot va umurtqasiz hayvonlar sut emizuvchilarga nisbatan tezkor, kuchli bo‘lishadi.

Janubiy va Sharqiy Osiyoda yashovchi qisqichbaqasimon o‘rgimchaklar 360 darajaga yashin tezligida o‘girilishlari, 0,12 soniyada o‘z o‘ljalariga tashlanishlari mumkin. Biologlarning fikriga ko‘ra, bunga ularning g‘ayriodatiy oyoqlari va ularning xatti-harakatlarini boshqaradigan noodatiy dasturlari sababdir.

Biologlarning aytishicha, ular qisqichbaqalar kabi yonga va orqaga harakatlanishi mumkin. Shu bois o‘rgimchaklarni tutib olish amrimahol.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring