Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoning mashhur sirk jamoalari Toshkentga keladi

Dunyoning mashhur sirk jamoalari Toshkentga keladi

Foto: «MamaNizza»

O‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish va «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-aprelgacha «O‘zbek davlat sirki» davlat muassasasini investorlarga berish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlarida 500-700 o‘ringa mo‘ljallangan sirklar tashkil etiladi.

Qaror bilan, 2019-2020-yilllarda o‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish hamda «O‘zbek davlat sirki» faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

Mazkur reja quyidagilarni nazarda tutadi:

  • 2020 yilgacha sirk tomoshalari sonini kamida 500 tagacha, 2022 yilgacha esa 1000 tagacha yetkazish;
  • 2019 yil oxirigacha sirk zalining tomoshabinlar bilan to‘lish darajasini kamida 60 foizga va 2022 yilga borib 75 foizga yetkazish;
  • Fransiyaning «Cirque du Soliel», Xitoyning «Chang Long» xalqaro sirki, Rossiyaning «Moskva sirki», «Moskva katta sirki»larining gastrollarini respublikamizda tashkil etish.

Endilikda Monte-Karlo va Budapesht xalqaro sirk festivallarida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan «O‘zbek davlat sirki» ijodiy jamoasining har bir a’zosi eng kam oylik ish haqining tegishlicha 100, 80 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

«O‘zbek davlat sirki»ga investorlarni jalb etish maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami ko‘rsatishni nazarda tutuvchi «Do‘stlar klubi» tashkil etiladi.

2021-yildan Toshkent shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro sirk san’ati festivali o‘tkaziladi.

2019-yil 1-iyungacha Mehnat kodeksiga 14 yoshga to‘lmagan shaxslarning sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlashi mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

2019-yilda o‘zbek sirkiga 105 yil to‘lishi munosabati bilan «O‘zbek davlat sirki» nomli kitob-albom nashr etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring