Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi

Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi

Foto:«Novator.io»

Bugun 16-aprel kuni «Telegram»  asoschisi Pavel Durov Rossiya hududida mazkur messenjerning  bloklanishiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda u  o‘zining «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.

Durovning ma’lum qilishicha, «Telegram» rossiyaliklarning shaxsiy yozishmalari maxfiyligini ta’minlashda davom etadi.

«Biz «Telegram»ning bloklanishini konstitutsiyaga qarshi deya baholaymiz va rossiyaliklarning yozishmalari maxfiyligini ta’minlashda davom etamiz», — deb yozgan Durov.

Avvalroq, Rossiyada «Telegram» bloklanayotgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring