Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbe Samarqandda tojik tilli maktab quradi

Dushanbe Samarqandda tojik tilli maktab quradi

Qurilish tugaganidan so‘ng ob’yekt Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga topshiriladi.

Foto: «sugdnews.tj»

Tojikiston hukumati Samarqandda 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan tojik tilli maktab quradi. Bu boradagi bitim Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan shu yilning mart oyida imzolangan edi.

Hujjatga ko‘ra O‘zbekiston o‘quv binosi qurilishi uchun yer ajratadi va qurilish maydonchasida faoliyat yuritadigan tojikistonlik quruvchilar xavfsizligini ta’minlaydi. Hujjatda qurilish kompaniyalarining bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Qurilish tugaganidan so‘ng ob’yekt Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga topshiriladi.

O‘zbekistonda tojiklar asosan Buxoro, Samarqand, Namangan, Surxondaryo va boshqa mintaqalarda istiqomat qiladi. Rasmiy statistikaga binoan sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonda 380 ta tojik tilli maktab bo‘lgan, so‘nggi 25 yilda ularning soni qisqargan.

Shu yil boshlarida aholi Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlariga ochiq maktub yo‘llab, pedagoglar yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam so‘rashdi. ​O‘zbekistonning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Piskom, Chakak, Polvonak, Ispay va  Nanay qishloqlarida yashovchi tojik millatiga mansub yuzdan ortiq aholi o‘z maktublarida malakali o‘qituvchilar yetishmasligi sababli tojik maktablarining yopilishidan xavotirga tushayotganliklarini bildirishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring