Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dushanbeda migratsiya haqidagi filmlar festivali bo‘lib o‘tmoqda

Dushanbeda migratsiya haqidagi filmlar festivali bo‘lib o‘tmoqda

Foto:«InoSMI»

Xalqaro migratsiya tashkiloti rahbariyati Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida migratsiya haqida filmlar festivalini o‘tkazmoqda. Festival 18-dekabr – xalqaro migrantlar kuniga bag‘ishlangan holda tashkil etilmoqda. Bu haqda «Asia Plus» xabar berdi.

Festival 6-dekabr kuni O‘rtayer dengizida halok bo‘lgan muhojirlarga atalgan «Xuddi o‘sha kemada» kartinasi bilan boshlangan.

Qolgan filmlar namoyishi yil boshiga qadar davom etadi.

Festivalning asosiy maqsadi zamonamizning eng ulkan jarayonlaridan birini faol muhokama qilishdir.

Ushbu festival har yili o‘tkaziladi, uning keyingi yildagi tadbirlariga professional va havaskor kinematograflar taklif etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring