Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX bir qator «ucharlar»ni qo‘lga oldi

DXX bir qator «ucharlar»ni qo‘lga oldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1995 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan shaxs abituriyentni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, xizmati evaziga 18 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs pullarni 1994 y.t. Toshkent davlat pedagogika universitetining sobiq o‘qituvchisiga berishi kerak bo‘lgan va tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ham pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Shunga o‘xshash yana bir holatda esa, 1983 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Toshkentdagi universitetlardan birining kafedra mudiri boshqa bir shaxsdan uning tanishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida DXX hamda Departament xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.  

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyatdagi institutlardan birining talabasi, 1993 y.t. shaxs mahalliy fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Talaba ushbu pullarni o‘zi tahsil olayotgan institutning sirtqi bo‘limi bosh mutaxassisi, 1989 y.t. shaxsga berishi kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, u ham 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.  

Shuningdek, 1995 y.t., Namangandagi universitetlardan birining magistranti 2500 AQSh dollari evaziga mahalliy fuqaroni Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyatdagi universitetlardan biriga Iqtisodiyot yo‘nalishiga o‘qishga kiritib, 1-bosqichni tamomlaganlik haqidagi ma’lumotnomani tayyorlatib berishni va’da qiladi.  

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring