Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Qirg‘izistonga 5,3 mln. dollarni olib o‘tishga uringan guruhni ushladi (video)

DXX Qirg‘izistonga 5,3 mln. dollarni olib o‘tishga uringan guruhni ushladi (video)

Skrinshot

«O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan lavhaga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Namangan viloyatida 28-avgustiga o‘tar kechasi chetga katta miqdordagi valyutani noqoqnuniy olib chiqib ketishni to‘xtatishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanining Gaznon mahallasi chegaradosh hududida «Cobalt» va «Lacetti» mashinalariga yuklangan yirik miqdordagi xorijiy valyutani Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan uch kishidan iborat guruh qo‘lga olindi.

To‘xtatib qolingan xorijiy valyutaning umumiy miqdori 5,3 million AQSh dollariga teng bo‘lib, bu pullar Toshkent va Qo‘qon shaharlari hamda Namangan viloyatida ish olib boruvchi yashirin iqtisodiyot vakillariniki bo‘lgan.

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati tergov bo‘limi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring