Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«E-Fan X» texnologiyasi. Elektrogibrid reaktiv samolyot yaratiladi

«E-Fan X» texnologiyasi. Elektrogibrid reaktiv samolyot yaratiladi

Foto: «Airbus»

«Airbus», «Rolls-Royce» va «Siemens» kabi yirik kompaniyalar elektr kuchi yordamida harakatlanuvchi yangi texnologiyalar bo‘yicha ish olib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. «E-Fan X» nomini olgan loyihaning maqsadi elektrogibrid reaktiv samolyotni yaratishdan iborat. Ularning parvozi ancha arzon tushadi, shuningdek, shovqinsiz uchadi, deb xabar berdi «Daily Tech Info».

«Aviatsiya — bu elektrlashtirish texnologiyasi yetib borgan so‘nggi transport vositasidir. Endilikda biz ancha oldinga o‘tib ketgan boshqa sohalarga yetib olish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz lozim. Aviatsiya o‘zining ulkan o‘lchamlari va og‘irligi sabab ancha vaqt elektrlashtirishdan qochib yurdi. Biroq texnologiyalar tez rivojlandi va hozirda biz elektr samolyotlarning uchta turini yaratdik», — deydi «Rolls-Royce» kompaniyasi bosh muhandisi Pol Stayn.

«E-Fan X» dasturi asosida yaratilgan dastlabki samolyotlar gibrid sxema bo‘yicha ishlaydi, chunki hozircha mavjud zamonaviy texnologiyalar ularning elektr kuchi yordamida yetarlicha uzoq parvoz qilishini ta’minlashga qodir emas.

Ularning birinchi turi odamlarni qisqa masofaga tashishga mo‘ljallangan «havo taksisi» ko‘rinishida bo‘ladi. Tabiiyki, ulardan shahar sharoitida foydalaniladi, bu esa yer ustida harakatlanuvchi transport vositalarining oqimiga bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam beradi.

Ikkinchi turga oid samolyotlar esa mintaqalararo parvozlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Uchinchi tur samolyotlariga qit’alararo reyslar bo‘yicha harakatlanuvchi yirik avialaynerlar kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring