Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ebru - suvdagi san’at asari. Tarix va go‘zal namunalar (foto)

Ebru - suvdagi san’at asari. Tarix va go‘zal namunalar (foto)

Foto: «izuminki.com»

Ebru - suvda surat chizish san’ati bo‘lib, «turkcha marmarlash» deb ham ataladi. Rassom maxsus idishdagi suvda bo‘yoqlar bilan surat chizadi va uni qog‘oz yoki matoga o‘tkazadi.

Похожее изображение

Похожее изображение

Ebruning eng qadimiy mashhur namunalari XI asrga tegishli. Bugungacha yetib kelgan bu tasvirlarning mukammalligi bu san’atning XI asrdan ancha avval paydo bo‘lganidan darak beradi. San’atshunos olimlar haligacha Ebruning qachon va qayerda paydo bo‘lgani haqda yagona xulosaga kelishmagan. Ba’zilar bu san’atni Hindistonda paydo bo‘lgan deb hisoblasa, ba’zilar Eronda paydo bo‘lib, keyinchalik Turkiyaga o‘tgan deb hisoblaydi. Ebruning Buxoroda paydo bo‘lib, Eron orqali turklarga yetib kelgani haqidagi tahminlar ham mavjud. Uning tarixi sirligicha qolmoqda, hatto «Ebru» so‘zining ma’nosi ham noma’lum. Qisqasi, uning Sharqda paydo bo‘lganigina aniq.

Похожее изображение

16 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida O‘zbekiston san’at va madaniyat institutidan tashrif buyurgan mutaxassis ishtirokida Ebru san’ati bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning nazariy qismida ushbu san’at haqida barchaga batafsil ma’lumot berildi. Ikkinchi qismda esa ijodkor o‘qituvchi va talabalarga suvda san’at asari yaratish texnikalarini amalda namoyish etdi. Har bir talaba va o‘qituvchi o‘zi suvda chizish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Har bir ishtirokchining yaratgan ijod namunasi qog‘ozga tushirilib, o‘z egasiga taqdim qilindi.

Ebruda asar yaratishning turli yo‘nalishlari mavjud. Unda istalgan tasvirni, gullar, insonlar, abstrakt suratlar, xullas oddiy qog‘ozga oddiy mo‘yqalam bilan qanday tasvir tushirish mumkin bo‘lsa barini yaratish mumkin.

Картинки по запросу эбру санъати

Bo‘yoqlar qo‘lda yaratilgan maxsus (atirgul dastasi va ot yoli bilan) mo‘yqalam ostiga yengil urish bilan suvga to‘kiladi va maxsus (masalan, nima chizishga qarab qalin va ingichka bigizsimon) vosita bilan ishlov beriladi.

Похожее изображение

Похожее изображение

Shuningdek, taroqsimon uskunani suv ustidan yurgizish orqali quyidagi suratdagi kabi uslubni hosil qilish mumkin.

Картинки по запросу эбру щетка

Ebru san’ati namunalari BMTning madaniy meroslar ro‘yxatiga ham kiritilgan. Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, bir marta chizilgan suratni qayta takrorlashning iloji yo‘q. Shu sababdan ham bu san’at o‘z individualligini bugungacha saqlab kelmoqda.

Похожее изображение

Картинки по запросу искусство эбру

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring