Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu xuddi Toshkentda rus oshxonasini «Cho‘chqa» deb atash bilan barobar». Yekaterinburgdagi «Eshak» restorani norozilikka sabab bo‘ldi

«Bu xuddi Toshkentda rus oshxonasini «Cho‘chqa» deb atash bilan barobar». Yekaterinburgdagi «Eshak» restorani norozilikka sabab bo‘ldi

Foto: KP.ru

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida «Eshak» deb nomlangan va sharq oshxonasi asosida ishlaydigan restoran ochilish arafasida. Mashhur qiziqchi Sergey Svetlakovga tegishli ushbu restoranning nomi o‘zbek diasporasining noroziligiga sabab bo‘ldi.

«Restoran reklamasini ko‘rganda shok holatiga tushdim. Bu xuddi Toshkentda rus oshxonasini ochish va uni «Cho‘chqa» deb nomlash bilan barobar. Menga hatto boshqa millat vakillari qo‘ng‘iroq qilib, kamsitilish borligini aytmoqda», — deydi «Ural-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati» vakili Obid Turatov.

Uning fikriga ko‘ra, restoran reklamasida Svetlakov o‘zbekcha choponda tasvirlangan. Uning qo‘lida palov solingan idish ko‘rinadi va tumshug‘ini suqib turgan eshak bor. Turatovning fikriga ko‘ra ushbu holat to‘lig‘icha haqoratdan iborat.

O‘z navbatida Svetlakov bu ayblovlarni inkor etdi. Uning fikriga ko‘ra, Moskvada ham xuddi shunday nom bilan restoran faoliyat yuritmoqda va bu holat hech kimning e’tiroziga sabab bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring