Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat

Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat

Foto: «KorrespondenT.net»

Ekspatlar (xorijlik yollanma mutaxassislar) uchun eng yaxshi mamlakat — Singapur. «Korrespondent» yozishicha, «HSBC» banki har yili o‘tkazadigan «Expat Explorer» so‘rovnomasida qatnashganlarning juda ko‘pchiligi janubi-sharqiy Osiyodagi ana shu mitti, ammo juda boy mamlakatda inson mehnati juda qadrlanishi bilan birga ishlash va yashash uchun sharoitlar juda ajoyibligini bildirishdi.

Singapur xorijlik ishchilar daromad olishi darajasi bo‘yicha beshinchi o‘rinda, chunki, yana qaytaramiz, juda kichik mamlakat. Xorijliklar uchun bu yerda yillik o‘rtacha maosh 162,2 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Ekspatlarga eng ko‘p maoshni Shveysariya beradi — yiliga o‘rtacha 202 ming dollar. Keyingi o‘rinlarda AQSh (185,1 ming dollar), Gonkong (178,7 ming dollar) va Xitoy (172,7 ming dollar).

Singapur turmush va daromad darajasi nisbatida yetakchilik qilmoqda, ya’ni topgan pulingizni ko‘proq jamg‘ara olasiz. Keyingi o‘rinlarda Yangi Zelandiya, Germaniya va Kanada. Shveysariya asosiy reytingda sakkizinchi o‘rinda, bu mamlakatda xorijlik eng ko‘p pul topgani bilan oilasi uchun juda ko‘p xarajat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring