Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ektor Kuper: «Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rsatamiz»

Ektor Kuper: «Ertaga hujumkor o‘yin ko‘rsatamiz»

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Ertaga, 13-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper hamda himoyachi Anzur Ismoilov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Milliy olipiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ektor Kuper: Ikkinchi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Turkmaniston yaxshi shakllangan jamoa. Biz ularning Yaponiyaga qarshi o‘yinini tomosha qildik. Turkmanistonga qarshi faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Guruhdagi birinchi o‘yin haqida

Ummonga qarshi o‘yinni hamma turlicha tahlil qildi. Muhimi biz o‘sha o‘yinda g‘alaba qozondik. Ummon kuchli terma jamoa. Ular Fors Ko‘rfazi musobaqasida g‘alaba qozonishgan. Shu sababli ularni mag‘lubiyatga uchratganimizdan xursandmiz. Turkmanistonga qarshi o‘yinda avvalgi xatolarimizni to‘g‘irlab, chiroyli o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz.

Turkmaniston terma jamoasi haqida

Turkmaniston terma jamoasining ustunliklari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular tartibli jamoa. Yaponiyaga qarshi o‘yinda ular tartibli harakat qilishdi, lekin tajriba yetishmadi. Ertaga maydonga tushadigan har ikki terma jamoaning o‘z o‘yin uslubi bor. Kim kuchliroq ekanini maydondagi o‘yin ko‘rsatadi.

Krimetsning o‘rniga kim tushishi mumkin?

Krimets qizil kartochka tufayli ertangi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ammo bizda uning o‘rniga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan ikki nafar futbolchi bor. Ulardan qaysi biri o‘sha paytda yaxshiroq formada bo‘lsa, o‘sha futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Ertangi o‘yinda ham himoyaviy taktika qo‘llanadimi?

Turkmaniston terma jamoasi himoyasida o‘ziga yarasha muammolar bor. Biz ertaga ana shu muammolardan foydalanib hujum tashkil qilishga va raqib darvozasini ishg‘ol qilishga urinamiz.

Murabbiy uslubi haqida

Misr terma jamoasida ishlaganimda boshqacha uslubda to‘p surganmiz. O‘zbekistonda boshqacha uslubni shakllantirmoqdamiz. Ba’zi o‘xshashliklar bo‘lishi mumkin, lekin bu ikki mamlakat futboli turlicha. Biz muxlislarga va jurnalistlarga yoqadigan o‘yin namoyish qilib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring