Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper JCh-2022 saralashi oldidan 24 futbolchini termaga chaqirdi

Ektor Kuper JCh-2022 saralashi oldidan 24 futbolchini termaga chaqirdi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Saralash bahslarining «D» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faisal Al-Husseini» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28-avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig‘inga kirishadi.

Murabbiy yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qildi. Ro‘yxatdan 24 futbolchi o‘rin olgan.

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Dinamo»).

Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi» – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Davron Xoshimov («Lokomotiv»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG» — Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK» – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu» — Malayziya), Doston Ibragimov («Qizilqum»), Quvondiq Ro‘ziyev («Qo‘qon-1912»), Doston Hamdamov («Paxtakor»).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov» – Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring