Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekvador vitse-prezidenti iste’foga chiqarildi

Ekvador vitse-prezidenti iste’foga chiqarildi

Foto: «Twitter»

Ekvador Milliy assambleyasi 6-dekabr kuni mamlakat vitse-prezidenti Mariya Alexandra Vikunyaning iste’fosini yoqlab ovoz berdi. Bu haqda «Prensa Latina» xabar tarqatdi.

Assambleyaning 137 deputatidan 94 nafari Vikunyaning lavozimidan chetlatilishi uchun ovoz berdi. Endi parlament 30 kun ichida yangi vitse-prezidentni saylashi kerak.

Vikunyaning qo‘l ostida ishlagan xodimlardan biri, aniqrog‘i, yordamchisi 2018-yil noyabr oyi oxirlarida boshlig‘i parlamentda ishlagan paytida «kreslosini saqlab qolishi uchun» uning hisobiga har oy pul o‘tkazib turishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Keyin Bosh prokuratura ish ochdi, mamlakat prezidenti Lenin Moreno tergov ishlari «xotirjam» o‘tishi uchun vitse-prezident lavozimidan chetlatilishini ma’lum qildi.

Voqea qanday xotima topishini tergov ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Mariya Alexandra Vikunya 2018-yilning yanvar oyida vitse-prezidentlikka ikkinchi muddatga saylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring