Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov besh daqiqada ikki gol urib, «Rostov»ga g‘alaba keltirdi

Eldor Shomurodov besh daqiqada ikki gol urib, «Rostov»ga g‘alaba keltirdi

Foto: «Twitter»

Rossiya chempionatining 28-turida «Rostov» klubi «Tosno» bilan kuch sinashdi.

E’tiborlisi, har ikki jamoa tarkibida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradi. O‘tgan yili «Rostov» safiga borib qo‘shilgan Eldor Shomurodov bugungi uchrashuvda jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga mualliflik qildi.

U 67 va 72-daqiqalarda gol urib, Rostov»ning g‘alabasini ta’minladi.

Bilasiz, «Tosno» tarkibida yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin harakat qiladi. U mazkur uchrashuvda to‘liq o‘ynadi.

Rostov – Tosno 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67 Shomurodov, 2:0 – 72 Shomurodov.

Rostov – Abayev, Ingason, Sigurdsson, Vilyush, Skopinsev (Zuyev, 66), Ionov (Makeyev, 79), Kalachev, Gatskan, Guliyev (Yusupov, 69), Parshivlyuk, Shomurodov.

Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Miyushkovich, Makarov, Galiulin, Jigulev, Nunu Rosha, Paliyenko (Rikardino, 74), Poletanovich (Karnitskiy, 81), Truyich (Skvorsov, 69).

Ogohlantirishlar: Makarov (2), Galiulin (35), Guliyev (55), Vilyush (63), Dugalich (68).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring