Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov: «Kamtarligim ba’zida pand beradi»

Eldor Shomurodov: «Kamtarligim ba’zida pand beradi»

Foto: «Google.com»

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov «Rossiya 24» kanali uchun bergan intervyusida shaxsiy hislatlari haqida savolga javob berdi.

— To‘purar hujumchilar odatda manmanroq bo‘ladi. Masalan, Dzyuba, Kerjakov va Arshavinlar shunaqa, ular o‘z hududlarini darhol belgilab olishadi. Nima uchun siz bunchalik kamtarsiz?
— Bu tabiatimdan bo‘lsa kerak. Manmanlik ham ba’zan kerak. Kamtarligim pand berib qo‘ygan vaqtlar ham bo‘lgan. Ammo nima qilay, hammaning ham o‘ziga yarasha tabiati bor.

— Eldor Shomurodov nimalar haqida o‘ylamoqda? Maqsadingiz nima?
— Ko‘p intervyularda aytganimdek Yevropada o‘ynash niyatim bor. Ko‘pchilik qishda ketishim mumkinligini aytmoqda. Ammo hozir «Rostov»da hamma ishlarim joyida. Kuchli beshlikda o‘ynash niyatim bor, ammo buni klub rahbariyati bilan muhokama qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring