Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr tarmoqlari rahbari va bosh muhandisi ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Elektr tarmoqlari rahbari va bosh muhandisi ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Foto: «komkur.info»

Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tezkor tadbirda «Farg‘ona elektr tarmoqlari» AJ rahbari U.K. va bosh muhandisi I.O.lar «A» xususiy korxonasiga tegishli avtomashinalarga gaz quyish shahobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5500 AQSh dollari talab qilib, shundan 4000 AQSh dollarini xususiy korxona bosh muhandisi M.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.K. va I.O.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring