Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar aniqlandi. Toshkent ham bu ro‘yxatda bor

Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar aniqlandi. Toshkent ham bu ro‘yxatda bor

Foto: «Vesti Ekonomika»

«Mercer» konsalting kompaniyasi yashash uchun eng yaxshi va og‘ir sharoitli shaharlar ro‘yxatini tuzdi. Umrguzaronlik qilish uchun kerakli sharoit, jamoat transporti va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olindi.

Venaliklar — dunyodagi eng baxtli insonlar. Avstriya poytaxti yashash uchun kerakli barcha sharoitlarga ega shaharlar yetakchici. Syurix va Vankuver haqida ham xuddi shunday deyish mumkin

Eng yaxshi shaharlar:

  1. Vena (Avstriya)
  2. Syurix (Shveysariya)
  3. Vankuver (Kanada)
  4. Myunxen (Germaniya)
  5. Oklend (Yangi Zelandiya)
  6. Dyusseldorf (Germaniya)
  7. Frankfurt (Germaniya)
  8. Kopengagen (Daniya)
  9. Jeneva (Shveysariya)
  10. Bazel (Shveysariya).

Ne ne ulkan saltanatlarga poytaxt bo‘lgan afsonaviy Bag‘doddan bugun asar ham qolmagan. Konsalting kompaniyasi Bag‘dodni hayot sifati bo‘yicha eng yomon shahar deb topdi. Iroq poytaxti 231-o‘rinda (ro‘yxatning oxirida).

Hatto Markaziy Afrika Respublikasi poytaxti Bangi ham Bag‘doddan bitta oldinda.

Yaman poytaxti Sana esa 229-o‘rinda  joylashdi.

Eng yomon shaharlar

  1. Bag‘dod (Iroq, 231-o‘rin)
  2. Bangi (MAR, 230)
  3. Sana (Yaman, 229)
  4. Port-o-Prens (Gaiti, 228)
  5. Xartum (Sudan, 227)
  6. Njamena (Chad, 226)
  7. Damashq (Suriya, 225)
  8. Brazzavil (Kongo, 224)
  9. Kinshasa (Kongo DR, 223)
  10. Konakri (Gvineya, 222).

«Mercer» ro‘yxatida poytaxtimiz va «yaqin xorij» shaharlari ham bor: Vilnyus 81-o‘rinda, Tallin 86, Riga 90, Istanbul 130, Moskva 167, Olmaota 177, Boku 195, Toshkent 203, Bishkek 206, Ashxobod 211, Dushanbe 215-o‘rinda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring