Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elnur Abduraimov o‘zining 5-jangida 5-nokautni qayd etdi

Elnur Abduraimov o‘zining 5-jangida 5-nokautni qayd etdi

Foto: «Instagram»

Bugun, 18-may kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi janglarini o‘tkazadigan Elnur Abduraimov o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Tanzaniyalik bokschi Issa Nampepechega (29 ta g‘alaba, 10 ta mag‘lubiyat, 6 ta durang, 12 ta nokaut) qarshi ringga chiqqan Elnur yaqqol ustunlikka erishdi.

Dastlab, jangning ikkinchi raundida Issa ilk nokdaunga uchradi, so‘ng 4-raundda u jangni davom ettira olmasligini bildirdi va hakam texnik nokautni qayd etdi. Shu tarzda Elnur o‘zining beshinchi jangida ham (5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut)  nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring