Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp va Eminem. Reper nega so‘roq qilindi?

Tramp va Eminem. Reper nega so‘roq qilindi?

Foto: «Daily Mail»

AQSh maxfiy xizmatlari amerikalik mashhur reper Eminemni so‘roq qilishdi, deb yozmoqda «Buzz Feed» portali.

Eminem o‘z qo‘shiqlari orqali prezident Donald Tramp va uning qiziga tahdid qilgani aytilmoqda.

Bu yerda gap Eminem 2017-yilgi «BET Hip Hop Awards»da o‘qigan rep haqida ketmoqda. O‘sha repida u Trampni «yadroviy xolokostni keltirib chiqarajak kamikadze»ga mengzagandi. 

Ana shu shov-shuvli chiqishidan keyin ham Eminem tinch yurmagan, oradan bir necha oy o‘tib «Revival» degan qo‘shig‘ini yozadi. Prezidentning qizi Ivanka Trampga «atalgan» bu repda ham ancha bo‘lmag‘ur so‘zlar ishlatilgan, deyishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring