Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emomali Rahmon Tojikiston parlamentiga murojaat qildi

Emomali Rahmon Tojikiston parlamentiga murojaat qildi

Foto: «Uza.uz»

«Suv barqaror rivojlanish uchun, 2018-2028» xalqaro harakatlar o‘n yilligi, Rog‘un GESi birinchi agregatining ishga tushirilishi hamda Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlarining davlat tashriflari – o‘tayotgan yilning eng muhim hodisalari. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon mamlakat parlamentiga qilgan navbatdagi murojaatida ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Tojikiston rahbari mamlakat parlamentining quyi va yuqori palatalari bo‘lmish Majlisi milli va Majlisi namoyandagonning yettinchi qo‘shma sessiyasida murojaat bilan chiqdi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Emomali Rahmon 2018-yilning muhim hodisasi sifatida 22-mart kuni start berilgan «Suv barqaror rivojlanish uchun, 2018-2028» xalqaro harakatlar o‘n yilligini keltirib o‘tgan, bu tashabbus Tojikiston tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, BMTning 177 ta a’zo mamlakat hammuallif bo‘lgan. Mazkur rezolyusiya 2016-yilning 21-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida qabul qilindi.

Rahmonning aytishicha, Rog‘un GESi birinchi agregatining ishga tushirilishi Tojikiston uchun eng muhim ikkinchi hodisa va mamlakat taqdiridagi muhim voqea bo‘ldi. 16-noyabr kuni Tojikiston rahbari Rog‘un GESi birinchi agregatini ishga tushirdi. Rog‘un GESining ikkinchi agregati 2019-yilda ishga tushiriladi.

Quvvati 3600 megavatt (17 milliard kVt/soatdan ko‘p) bo‘lgan Rog‘un GESi Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik gidroelektrostansiya bo‘ladi.

Uchinchi muhim voqea – bu Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlarining javob davlat tashriflari bo‘ldi, deya bayonot berdi Emomali Rahmon. Mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga ilk davlat tashrifi mobaynida ikki tomonlama hamkorlikka bag‘ishlangan 27 ta hujjat imzolandi, ular orasida 30 kun muddatga mo‘ljallangan vizasiz bordi-keldilar to‘g‘risidagi shartnoma ham bor.

Tojikiston rahbarining ta’kidlashicha, hukumat yangi manbalar topgani bois budjetchilarning maoshi, pensiya va stipendiyalarni har yili 10-15 foizga oshirib borishni davom ettiradi.

«So‘nggi yillarda Tojikistonni Xitoy, Afg‘oniston, Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi xalqaro avtomobil yo‘llarining qurilishi, O‘zbekiston bilan temir yo‘llarning va nazorat o‘tish punktlarining ochilishi tufayli Tojikiston boshi berk kommunikatsion ko‘chadan chiqdi», – deya bayonot berdi mamlakat rahbari.​​

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring