Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi yuritiladi

Endi fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi yuritiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Markazlar fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlaydi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda fermer xo‘jaliklarida soddalashtirilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishga mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, u Markazlar va fermer xo‘jaliklariga bepul tarqatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring