Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi hammasi boshqacha bo‘ladi (foto)

Endi hammasi boshqacha bo‘ladi (foto)

Foto: «Navoiy hayoti»

Navoiy viloyatiga Davlat xizmatlari agentligining 2 ta avtobusi aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun keltirildi.

Odamlarda shu paytgacha avtobuslar faqat yo‘lovchi tashiydi, degan tushuncha bor edi. Ammo, zamon o‘zgargani sayin bu avtoulovdan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkinligini fotolarda ham ko‘rib turibsiz. Aholiga faqatgina davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun moslashtirilgan zamonaviy va qulay transportda quyosh batareyalari ham o‘rnatilgan.

Salonda  bir qator qulayliklar mavjud. Kompyuter, printer, internetga ulanish moslamasi hamda ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar qabul qilinishi uchun kassa uchun ham alohida burchak tashkil etilgan. Qoyil! Bira to‘la davlat xizmatlari, notarius, fuqarolik holatlari dalolatnomalari yozish bo‘limi va bank xizmatlarini ko‘rsata oladigan mazkur avtobus  odamlarning bir qator ovoragarchiliklariga chek qo‘yadi.

Boisi, viloyatning olis hududlaridagi aholi markazga kelib ketishi uchun bir kunini sarflardi. Ba’zida bir hujjat uchun ikki kun markazga kelib ketish lozim bo‘lgan. Endi esa boshqacha bo‘ladi. Mazkur avtobusda xalqqa ko‘rsatilgan mobil xizmat tufayli davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati ham yaxshilanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring